Joriy yilning 14-noyabr kuni Qo‘riqlash bo‘linmalarining Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarini malakasini oshirish dasturi bo‘yicha o‘quv yig‘inlarida ishtirok etgan tinglovchilarning tantanali bitiruv marosimi o‘tkazildi va xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni sertifikat qabul qilganliklari va o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat – salomatlik, tinchlik – omonlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Bo`lishmoq: