Surxondaryo Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Malakali mutaxassislar tomonidan olib borilgan treninglar davomida inspektor-psixologlar maktab o‘quvchilari bilan axloqiy-ruhiy, psixologik ishlash uchun zamonaviy va innovatsion metodlarni qo‘llash, milliy urf-odatlarimizdan kelib chiqqan holda mazkur yo‘nalishdagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. O‘quv seminari yakunida faol ishtirok etgan inspektor-psixologlarga sertifakatlar topshirildi.
Bo`lishmoq: