Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Navoiy viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Unda gvardiyachilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda “Shukronalik, oila budjetining to‘g‘ri taqsimlanishi, uning mohiyati va mazmuni” hamda “Mas’uliyatli ota-onalik” kabi hayotiy mavzular muhokama qilindi.
Ishtirokchilar oilaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasida ota-onaning roli, shukronalik tuyg‘usi, ma’naviy barqarorlik va byudjetni oqilona boshqarish haqida o‘zaro fikr almashishdi. Ma’ruzachilar sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat asosiy tayanchi ekanini ta’kidlab, ota-onalik mas’uliyati va iqtisodiy farovonlikni uyg‘unlashtirish borasida muhim tavsiyalar berdilar.
Bo`lishmoq: