Joriy yilning 21-28 yanvar kunlari Toshkent shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Unda 400 dan ortiq bokschilar ishtirok etib, yurtimiz birinchiligi uchun keskin kurash olib bordi.
Mazkur musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari munosib ishtirok etib, qoʻyidagi natijalarni qayd etdi:
Erkaklar oʻrtasida:
54 kg vazn toifasida oddiy askar Muzaffarov Shaxzod 1-oʻrinni;
54 kg vazn toifasida Doʻstmatov Fayozbek 2-oʻrinni;
71 kg vazn toifasida kichik serjant Xoldorov Iqboljon 1-oʻrinni;
86 kg vazn toifasida, Toxirov Nusratbek 2-oʻrinni;
86 kg vazn toifasida, Yuldoshev Jasurbek 3-oʻrinni.
Ayollar oʻrtasida:
63 kg vazn toifasida Bekova Dilfuza 1-oʻrinni;
63 kg vazn toifasida Qodirova Rayxona 3-oʻrinni;
70 kg vazn toifasida Mavlonova Mavluda 2-oʻrinni;
81 kg vazn toifasida Roʻzmetova Soxiba 1-oʻrinni;
+81 kg vazn toifasida Sotimbayeva Oltinoy 1-oʻrinni;
66 kg vazn toifasida Xomidova Navbahor 1-oʻrinni hamda Chempionatning “Eng yaxshi texnikaga ega ayol bokschisi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.
Barcha safdoshlarimizni yuqori natijalar bilan samimiy muborakbod etib, sportdagi kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
Bo`lishmoq: