Toshkent shahridagi Milliy gvardiya boshqarmasiga qarashli harbiy qismda maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

19.Dek.2024

Tadbir davomida dastlab o‘quvchilar, otliq kavaleriya bo‘limini tomosha qilishdi hamda harbiy qismning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ularga harbiy texnika va qurollardan tog‘ri foydalanish haqida ma‘lumotlar berildi.  Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan esa ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech