Toshkent "Temurbeklar maktabi"da yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida tadbir tashkillashtirildi

27.Noy.2024

Toshkent "Temurbeklar maktabi"da Milliy gvardiya va Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida tadbir tashkillashtirildi. 

Poytaxtimizdagi mahalla fuqarolar yigʻinlari, tashkilotlar va muassasalarda keng targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

 Xususan, Toshkent "Temurbeklar maktabi"da Milliy gvardiya va Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad isitish uskunalari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan.

Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼullari tomonidan yoshlarga qishning sovuq kunlarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari va nimalarga eʼtibor qaratishlari lozimligi haqida tushunchalar berib oʻtildi.

 Tadbir davomida Milliy gvardiya hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mutaxassis-kinologlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan birgalikda koʻrgazmali chiqishlar namoyish etishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech