Universitet muddatli harbiy xizmatchilari ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi davra suhbati tashkil etildi

07.Fev.2025

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2024-yil 26-dekabr kunidagi 1-sonli direktivasi asosida Jamoat xavfsizligi universiteti muddatli harbiy xizmatchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida muddatli harbiy xizmatchilarga eng avvalo, mustaqil O‘zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanishlari, Vatanimizning buyuk davlat bo‘lishi uchun o‘z hissalarini qo’sha olishlari, oila, mahalla, yurtimizni qadrlash va ardoqlashni va yurt tinchligini himoya qilish sharafli burch ekanligini, Vatan oldidagi Qasamyodga har qanday vaziyatda sodiqlik va fidoyilik bilan xizmat qilishni, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘plab imtiyozlar va e’tibor berilganligidan, jumladan, harbiy xizmat davomida ta’lim olish, kasb o‘rganish va sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganligidan shukronalik ruhida Ona xalqimizga halol xizmat qilish ham qarz ham farz ekanligi to’g’risida ma’naviy-ma’rifiy mavzular davra suhbatida fikrlar almashildi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech