Dinamo Jismoniy tarbiya-sport jamiyati Jizzax viloyati kengashi boshchiligida huquq tartibot organlari xodimlari o‘rtasida sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi doimiy shaxsiy tarkibining bir guruh sportchi xodimlari ham ishtirok etib, munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bo`lishmoq: