"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan Respublika miqyosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir gʻoliblari aniqlandi

17.Avg.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan Respublika miqyosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir gʻoliblari aniqlandi.

Natijalarga ko‘ra:

1-oʻrin — Jizzax viloyati jamoasi;

2-oʻrin — Qashqadaryo viloyati jamoasi; 3-oʻrinlarni — Toshkent viloyati va Toshkent shahri jamoalari qoʻlga kiritdi.

Qolgan ishtirokchi jamoalar esa turli nominatsiyalar, qimmatbaho hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Ushbu tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, birlik va milliy gʻururni yuksaltirish, shuningdek, har bir ishtirokchini ragʻbatlantirish orqali mustaqillik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech