Voyaga yetmaganlar, xususan, maktab o'quvchilari o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

15.Okt.2024

Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Avezov, Viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorati bo‘yicha masʼullari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan birgalikda Xonka tumanida Voyaga yetmaganlar, xususan, o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan tashkilotlar vakillari bilan seminar bo'lib o'tdi. Seminarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonun buzilishlarning oldini olish, ularda bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishda, psixologik muhitni yanada yaxshilash va ularni vatanparvalik ruhida tarbiyalash masalalari ko'rib chiqildi.

Unda maʼruzachilar tomonidan bugungi kunda maktab o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar taʼkidlab o‘tildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech