O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi PQ–5211-son “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. mamlakatda polo sport turini aholi o‘rtasida eng ommawiy sport turlaridan biriga ailashtirish, iqtidorli hotin-qizlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash, polo sport turi bo‘yicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash maqsadida bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususun, bugun 11-oktabr kuni Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida Milliy gvardiya, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston polo federatsiyasi o‘rtasida ayollar polosini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, iqtidorli, istiqbolli sportchilarni saralashning samarali tizimini tashkil etish maqsadida uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur tadbirga Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpibayeva, O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi A. Rustambayev, Savdo-sanoat palatasi raisi o’rinbosari N.Umarova, Toshkent shahar kengashi deputati, Ayollar polo jamoasi vakili, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi ayollari hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tashrif buyurishdi.
Memorandumda mamlakatda xotin-qizlar o‘rtasida polo sport turini aholi, ayniqsa yosh qizlar, shu jumladan ayol harbiy xizmatchi va xodimalar o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, o‘quvchi va talabalarning polo ot sporti turiga qiziqishini oshirish, joylarda polo ot sporti xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, xotin-qizlarning polo sport turi bilan shug‘ullanishlari uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish hamda iqtidorli yosh qizlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish ko’zda tutildi.
Tadbir davomida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpibayeva Ayollar polo ligasi rahbari etib saylangani bilan muborakbod etib, kelgusida Milliy gvardiya saflarida harbiy xizmatchi ayollar o’rtasida ajdodlarimizga munosib bo’lgan To’maris, Nodirabegim va Xonzodabegimlar kabi izdoshlar yetishib chiqishida tilakdosh bo’ldilar.
Shuningdek, so’zga chiqqanlar mamlakatimizda ot sportining polo turini yangi bosqichga olib chiqishga katta qadam qo‘yilgan holda yuqori marralar ko‘zlanganligi ta’kidlashdi.
Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi A.Rustambayevlar Ayollar polo ligasi jamoasi ramzi tushurilgan formalarni tantanali ravishda o‘z egalariga topshirishdi.
Bo`lishmoq: