Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo`riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan BuxDu talabalarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Jasorat” tarixiy muzyeyiga sayohat tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirligining o`tmishi haqida so‘zlovchi muzeyda, talabalar muzey boʼlimlari va tarixiy eksponatlar bilan tanishib, xodimlarning maʼnaviy hayoti va tarixiy ahamiyatini aks ettirgan koʼrgazmalardan bahramand boʼldilar.
E'tirof etish joiz, bunday tadbirlar yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirishga, bilimini boyitishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar an'anaviy tarzda davom ettirilmoqda.
Bo`lishmoq: