Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshliqlari, harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va psixologlari ishtirokida “O‘z kasbining ustasi ko‘rik-tanlovi”ga start berildi. Ko‘rik-tanlovning ochilish marosimida Milliy gvardiya Qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etdi va harbiy xizmatchilarga omad tiladilar.
Harbiy xizmatchilar tanlovning birinchi kunida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi elementlaridan sinov topshirdilar. Dasturga ko‘ra, ko‘rik-tanlov 15-16 noyabr kunlari davom etishi rejalashtirilgan.
Bo`lishmoq: