Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, Sh.Rashidov tumani hokimligi, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi bilan hamkorlikda “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” shiori ostida 5000 qadam yurish, maʼnaviy-ma’rifiy tadbir hamda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xalqimizga vatanparvarlik ruhini singdirish orqali vatanimizning porloq kelajagi va milliy armiyamizning qudratiga ishonchini yana-da oshirishdan iboratdir.
Bo`lishmoq: