Joriy yilning 3 oktabr kuni Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Saylov jarayoni va saylov institutining mohiyati, saylovga doir qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Zomin tuman Saylov komissiyasi raisi O‘rinboyev Xolmurod Turdibekovich o‘z ma’ruzalari bilan tinglovchilarga saylov jarayonlariga oid ma’lumotlarni berib o’ttilar.
Bo`lishmoq: