Jizzav viloyatida Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ tarixiy romani bo'yicha davra suhbati hamda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

30.Yan.2025

Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan Sabhram universitetida zamonaviy o'zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblangan Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romani bo'yicha "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. "Zakovat" intellektual o‘yinida JDPU hamda Sabhram universiteti talabalari, Qo'riqlash boshqarmasi xodimlari, harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Qizg‘in munozaralarga boy o‘tgan tadbirda, yakuniy natijalariga ko‘ra Milliy gvardiya "Jasorat" jamoasi 1-o‘rinni, JDPUning "Evrika" jamoasi 2-o‘rinni, JDPUning "Yulduzlar" jamoasi esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘olib bo'lganlar hamda hamkor tashkilotlar Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech