27- oktabr kuni o’tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar munosabati bilan Samarqand viloyati Qo’riqlash boshqarmasi shahar va tuman qo’riqlash bo’limlari shaxsiy tarkibi bilan davra suhbati o’tkazildi.
Shunday tadbirlarning yana biri Milliy gvardiya Qoraqalpoǵiston Respublikasi Mintaqaviy óquv markazida ótkazilib, tadbirda mutaxassislar tomonidan markazda tahsil olayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlariga saylov jarayonida ishtirok etish va uni munosib ótkazish tartibi tóǵrisida tushuntirish ishlari olib borildi.
Qo'ng'irot tumanidagi Yoshlar ishlar agentligida ham Qoraqalpog'iston Respublikasi Juqori Kengeshi raisining o'rinbosari Juqori Kengeshi deputati Rustam Saparbayev ishtirokida Milliy gvardiya Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda mahalla faollari bilan birgalikda saylov oldi suhbatlar o'tkazildi.
Bo`lishmoq: