Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni oʼrinbosari, polkovnik S. Mamayusupov, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakil (Ombudsman) oʼrinbosari – Bola huquqlari boʼyicha vakil (Ombudsman) А. Yunusova, Vazirlar Mahkamasi Bolalarni himoya qilish shoʼbasi mudiri D. Ermatov va Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʼi F. Аhmedovlar qatnashdi.
Shuningdek, marosimda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan kurslarni tamomlagan ota-onalar, Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash” kafedrasi oʼqituvchilari ham ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida soʼz olganlar, bolalar har bir mamlakatning ulkan boyligi ekanligini taʼkidlab, ularga gʼamxoʼrlik qilish dunyoning barcha mintaqasida davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan ekanligiga alohida urgʼu berishdi.
Shu bilan bir qatorda, bizning oʼlkamizda ham bolalarni asrab-avaylash, ayniqsa, yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarning huquq va erkinliklarini roʼyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilayotganligini mamnuniyat bilan tilga olishdi.
Shundan soʼng, tutingan ota-onalar uchun tashkil etilgan maxsus oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolarimizga sertifikatlar masʼullar tomonidan tantanali topshirildi. Serifikatga egan boʼlgan vatandoshlarimiz ham oʼz oʼrnida oʼzlarining iliq tilaklarini bildirishdi.
Tadbir soʼngida, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari “Yangi Oʼzbekiston” ansambli xor, Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik litseyi oʼquvchilari va Toshkent “Temurbeklar maktabi” oʼquvchilaridan tashkil topgan jamoalar hamda Milliy gvardiya ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan diotortar navolar barchaga xushkayfiyat bagʼishladi.
Bo`lishmoq: