Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida sportning "futbol" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, unda 7 ta jamoadan tashkil topgan guruhlar 3 kun mobaynida birinchilik uchun kurashdi. Keskin va murosasiz kechgan o‘yin natijalariga ko‘ra Ichki Ishlar boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi ikkinchi o‘rinni, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi esa faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqa iliq va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tib, ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatni yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shdi. G‘oliblarning quvonchi yangi musobaqalar sari intilishiga ko‘mak berishi shubhasiz.
Bo`lishmoq: