1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun konsert dasturi tashkil etildi.

03.Iyu.2024

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Ma`naviyat va ma`rifat markaziga harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari, xizmat burchini o`tash chog`ida halok bo`lgan xizmatchilarning oilalari, Toshkentdagi oilaviy bolalar uylari, shuningdek, faxriylar nabiralari bilan mehmonga taklif etildi.
Tadbirda ko`plab yosh tomoshabinlar uchun O`zbek Milliy qo`g`irchoq teatri spektakl hamda O`zbekiston davlat filarmoniyasining "Bulbulcha" bolalar xor va raqs ansambli tomonidan "Biz bolalarmiz" nomli konsert dasturi namoyish etildi.
Qo`g`irchoq teatrining "Quvnoq shou" spektakli milliy an`ana va urf-odatlarimiz, qadimdan sharq bozorlarida namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan tomoshalar haqida hikoya qildi. Uchta asosiy qahramon - buffonlar raqsga tushib, qo`shiq aytishdi va jajji bolajonlarni xursand qilishdi.
Bayram davomida bolajonlar shodon kulishdi va xursandchilik bilan qarsak chalib, raqsga tushdi. Yorqin konsert dasturi yosh tomoshabinlarga katta taassurot va ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi. 

Байрам давомида болажонлар шодон кулишди ва хурсандчилик билан қарсак чалиб, рақсга тушди. Ёрқин концерт дастури ёш томошабинларга катта таассурот ва кўтаринки кайфият бағишлади.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech