Milliy gvardiya qo'mondoni general-mayor R. Djuraev bolalar bilan suhbatlashib, ushbu oromgohda ta'til kunlari qanday o'tayotgani, bu erda ular maroqli hordiq chiqarishlari uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bilan qiziqdi. Qo'mondon oromgoh tarbiyachilari va xodimlari bilan birgalikda ushbu oromgohda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shu kuni Milliy gvardiya qoshidagi bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari tomonidan kamondan otish Federasiyasi va "Paxtakor kids" bolalar sport maktabi ishtirokida ko'ngilochar tadbir tashkil etildi.
Kun so'ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli hamda "Mehribonlik" uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bo'lib o'tdi.
Bo`lishmoq: