“18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan hududlarda tadbirlar tashkil etilmoqda.

07.Noy.2024

Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizamatchilar hamda yig‘ilgan yoshlarga Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonunning mazmun mohiyati yetkazildi va yoshlar ijrosida bayrog‘imizni tarannum etuvchi sheʼriyat kechasi o‘tkazildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi tomonidan ham tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati Kengashidan Nafisa Qurbonova hamda viloyat Yoshlar ittifoqi harbiy bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Rahmonjon Ochilovlar qatnashib, harbiy xizmatchilarga bayrog'imiz to‘g‘risida kerakli va qo’shimcha ma’lumotlar berib, maxsus ekran orqali video lavhalar ko'rsatildi. Tadbir so'ngida harbiy xizmatchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech