250 nafar o‘quvchi yoshlari bilan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

11.Yan.2025

Qurolli kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan vatanparvarlik oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni”o‘tkazildi. 

Milliy gvardiya Andijon viloyat boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Andijon harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, halqimiz fahri" shiori ostida Andijon viloyatida mavjud oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejining 250 nafar o‘quvchi yoshlari bilan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad oʻquvchi yoshlarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuygʻularini shakllantirish, shuningdek ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, Qurolli Kuchlarga hurmat tuygʻularini shakllantirishdir.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga harbiy va texnika qurol-aslaxalar ko‘rgazmasi, qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi hamda shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar harbiy qism kutubxonasi bilan tanishdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech