Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ma'naviyat-ma'rifat markazida "Vatan ravnaqi yo'lida birlashaylik!" shiori ostida Toshkent shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar tizimidagi O’zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari forumi bolib o’tmoqda.

01.Mar.2023

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-sonli Qarori, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlari va Davlat bojxona qo'mitasi tizimida boshlang'ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi Qo'shma Qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat yuritayotgan yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini atroflicha tushintirish, ularning intellectual salohiyatni ro'yobga chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, Ittifoqning harbiy qism, muassasalardagi boshlang ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, ilg'or tajribalarini ommalashtirish maqsadida joriy yilning 2-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ma'naviyat-ma'rifat markazida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalardagi boshlang'ich  tashkilotlar yetakchilari va yo'nalish sardorlari bilan "Vatan ravnagi yo'lida birlashaylik!" shiori ostida yosh harbiylar Forumi tashkil etildi.

Vatan ravnagi yo'lida birlashaylik!" shiori ostidagi mazkur yosh harbiylar Forumi doirasida Ittifoqning harbiy qism, muassasalardagi boshlang'ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari tomonidan o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo'l go'yilgan kamchiliklar, shuningdek, istiqboldagi rejalar xususida tangidiy ruhda muhokama yig ilishi, turli sohalar mutaxassislari ishtirokida seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.

Shuningdek, Forumda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi hamda Toshkent shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar tizimidagi O'zbekiston yoshlar ittifogining boshlang ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari va yo 'nalish sardorlari, bilan harbiy sohaga qiziquvchi yoshlar o'rtasida ochig mulogot tashkil etildi. Unda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko plab savollarga javob oldilar.

Forum ishida Ittifogning O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiva. Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlari va Davlat bojxona qo mitasi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan 40 ta boshlang ich tashkilotlar Yoshlar yetakchilari va  yo'nalishlar sardorlari, jami 300 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Forum yakunida Harbiy orkestr chiqishlari, O'zbekiston san'at ustalari hamda yosh irochilari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etilib, namunali faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar tizimidagi O'zbekiston yoshlar ittifogining boshlang'ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilarini taqdirlash marosimi o 'tkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech