Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida «Navoiy mangu - barhayot» mavzusida madaniy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

07.Fev.2025

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida «Navoiy mangu - barhayot» mavzusida madaniy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 

Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, xalq deputatlari Toshkent shahar tuman kengashi deputati Jamila Shermuxammedova, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoira Gulchehra Shahobiddin qizi, Birinchi darajali mehnat faxriysi, doʻstlik ordeni sohibi Gʻaybulla Qulabdullayevlar shuningdek, muddatli hamda shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Kechada soʻz olganlar Navoiyning hayoti, ilmiy faoliyati, uning asarlari va adabiyotga qoʻshgan hissasi, shuningdek Hirot shahri va Temuriylar davridagi roli haqida maʼruza qilishdi. Shundan soʻng, muddatli harbiy xizmatchilar Navoiyning mashhur sheʼrlarini va “Xamsa” asaridan parchalarni ifodali oʻqishdi.

Tadbir Navoiy asarlarini chuqur oʻrganish, ularda ilgari surilgan umuminsoniy gʻoyalarni yoshlar orasida keng targʻib qilish, uning adabiyotdagi oʻrni va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyatini oʻrganishga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech