Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida “She’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur merosi beqiyos ma’naviy xazinadir” mavzusida adabiy kecha tashkil etilgan bo'lib, unda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda Navoiyshunos olim Filologiya fanlari doktori Olimjon Davlatov va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Ijtimoiy fanlar doktori Sayyora To’rayevalar har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta oʻrin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyotga qo’shgan hissasi haqida ma’ruza qilishdi.
Shundan so’ng, O’zbekiston xalq hofizi Erkin Ro’zmatov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ilyos Arabovlar, shuningdek Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonanda va sozandalari Alisher Navoiy va Bobur g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Bo`lishmoq: