G'allaorolda “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Vatanparvarlik oyligi doirasida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda G'allaorol tumanida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi xalqimiz faxri" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi.
Vatanparvarlik festivalida so'z olganlar milliy armiyamiz kuch-qudrati, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar haqida so'z yuritdilar. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari hamda zamonaviy qurol-yarog'lar ko'rgazmasi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg'ularini yanada oshirdi.
Bo`lishmoq: