“Alvon beret” kiyish va “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishonini olishga munosib navbatdagi harbiylar saralandi.

09.Noy.2024

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tegishli buyrug‘iga asosan, har yili an’anaga aylangan “Alvon beret” kiyish huquqini berish va “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishonini olish bo‘yicha sinovlardan muvofaqqiyatli o‘tgan harbiy xizmatchilar Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.  Eslatib o‘tamiz, mazkur sinov- mashg‘ulotlari oktabr oyida bir necha bosqichlar asosida o‘tkazildi. Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasidan “Alvon beret” uchun 12 nafar, “Dovyurak jangchi” uchun 6 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etdi va 100% natija bilan barcha ishtirokchilar sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech