Amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot yig’ilishi o’tkazildi.

05.Noy.2024

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, Samarqand harbiy prokuraturasi hamda DXX masʼullari hamkorligida joriy yilning 3 choragi yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi rahbariyati va harbiy qism komandirlari, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda tuman-shahar boʻlimlari boshliqlari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida oʻtgan davr mobaynida boʻlinmalarda sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi holatlari boʻyicha soʻz yuritildi.

Shundan soʻng masʼullarning hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish davomida, har bir yoʻnalishlarning ish faoliyati tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech