Hamkor tashkilotlar va yoshlar ishtirokida "Tinchlik qadri" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

15.Okt.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida Farg‘ona Davlat Universitetida talabalar o‘rtasida “Tinchlik qadri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar, IIB xodimlari, Adliya boshqarmasi xodimlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. 

Tinchlik... Bu so‘z zamiridagi ohang yetmish ikki tomirimizga xotirjamlik va taskin beradi. Tinchlik- onaning farzandiga aytgan allasi. Tinchlik-jamiyatda yangi paydo bo‘lgan yosh oila. Tinchlik-har bir kun uchun aytiladigan shukronalik tufayli tortiq. Tinchlik-eng ulug‘ baxt. Uning qadri tiriklik qadar muqaddasdir!

Tadbirda tinchlik – eng katta ne’mat, uning qadriga yetish va asrab avaylash har bir insonning zimmasidagi burch ekanligi ta’kidlandi. Talabalardan faqatgina o‘qish-intilish, kelajakka katta maqsadlar bilan qadam tashlabgina tinchlikni abadiy qila olishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Tadbir shukronalik hissiga to‘laligi bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech