Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yunusobod tumanidagi 7 ta umumtaʼlim maktablari oʻrtasida markazda mavjud 15 ga yaqin fan va sport toʻgaraklarida oʻquvchilarni ishtirok etishlarini taʼminlash toʻgʻrisidagi hamkorlik rejasi imzolandi.
Kelishuvga asosan bugun 5, 9, 17, 43, 51, 70 va 80-sonli umumtaʼlim maktablari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda ularni foydali sport turlariga keng jalb qilish maqsadida sportning futbol turi boʻyicha maktab kesimida saralash oʻyinlari qizgʻin start oldi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, turnir maktab jamoalari oʻrtasida uch bosqichda, yaʼni maktablararo, soʻng tuman va shahar bosqichida oʻtkaziladi.
Bo`lishmoq: