Andijon shahrida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida harbiy sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

10.Okt.2024

Andijon shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan harbiy sport musobaqasi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etilgan boʻlib, musobaqa doirasida talabalar sportning tosh koʻtarish, uzoqqa va yaqinga yugurish hamda arqon tortish kabi turlarida oʻz mahoratini namoyon qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Musobaqa soʻnggida eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan talabalar qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan mukofotlandi.

Taqdirlash marosimida Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiylari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish qilindi. Ushbu chiqishlar sportning ahamiyati va harbiy xizmatning shijoatini namoyon etdi.

Bu kabi tadbirlarni oʻtkazish talabalar oʻrtasida sportni ommalashtirish, jismoniy rivojlanishni ragʻbatlantirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech