Andijon shahridagi Prezident maktabida "Xalq va armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida vatanparvarlik tadbir bo'lib o'tdi

10.Yan.2025

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazilmoqda. 

Andijon shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Mudofaa vazirligi ishtirokida "XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON" shiori ostida vatanparvarlik tadbir bo'lib o'tdi. 

 Tadbir davomida faxriy qorovul chiqishlari, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etilib, maxsus bo'linmalar tomonidan turli jangovor chiqishlar o'quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. 

Tadbirdan ko'zlangan maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech