Andijon viloyati Andijon tumanidagi 15-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Vatan muqaddas, uni sevish sharafdir!" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya, harbiy prokuratura va Yoshlar ittifoqi vakillari, shuningdek, ikki karra Olimpiya chempionni Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi podpolkovnik Xasanboy Do‘smatov ishtirok etdi.
Harbiy orkestr, faxriy qorovullar, texnika va qurol ko‘rgazmalari, hamda ko‘rgazmali harbiy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga savollar berish imkoni berilib savollariga to‘liq javoblarni oldilar, Milliy gvardiya sinfi o‘quvchilariga mahorat darslari ham o‘tkazilib, o‘quvchilarni vatanparvarlikka daʼvat qilish, ularga harbiy xizmat haqida bilim berish maqsadida tashkil etildi.
Bo`lishmoq: