Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularga samarali yechimlar topish maqsadida Milliy gvardiya Markaziy devonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari bilan ishlash hamda shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mutasaddilari tomonidan viloyatlarda reja asosida uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda. Navbatdagi uchrashuv Andijon viloyati boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining oila a'zolari ishtirokida umumiy va yakka suhbat asosida tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar tomonidan oilaviy muammolar va stress holatlari bo‘yicha maslahatlar berildi. Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar va ularning oilalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, ularning sog‘ligini tekshirish maqsadida boshqarma tomonidan birlamchi tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, tegishli tartibda tibbiy yo‘llanmalar berildi, bu esa harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarining sog‘ligini yaxshilashga yordam beradi.
Ushbu tadbir harbiy xizmatchilarning hayot sifatini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bo`lishmoq: