Andijonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi o'tkazildi

07.Fev.2025

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Milliy gvardiya, Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Andijon shahrida joylashgan mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism bilan hamkorlikda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning “Vatan tayanchi” otryad a’zolari o‘rtasida ilk marta “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Andijon viloyatlari bosqichi o‘tkazildi.

Bellashuv harbiy tayyorgarlikni oshirish va mustahkamlashga qaratilgan kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish, “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi shartlardan iboratdir.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech