Harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini dam olish kunini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

03.Noy.2024

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila aʼzolarini dam olish kunini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar muzeyning boy tarixini, madaniy merosini va sanʼatini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar. Muzeydagi eksponatlar orqali oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy va ijodiy qadriyatlari bilan tanishish, ularni himoya qilish va kelajak avlodlarga yetkazish muhimligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tashrif davomida, harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun oʻtkazilgan ekskursiyalar, ijodiy master-klasslar va madaniy tadbirlar ularning dam olish kunini yanada samarali va manzarali qildi. Bunday tadbirlar nafaqat dam olish, balki bir-birlari bilan aloqalarini mustahkamlashga ham yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech