Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xarbiy xizmatchi va xodimlari jamiyatga yordam berish, insonparvarlikni ko‘rsatish va xalq salomatligini saqlash maqsadida o‘tkazilgan donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar va boshqarma xodimlari, qon donorligi orqali yordamga muhtoj fuqarolarga salomatlikni tiklashga ko‘maklashdilar. Donorlik aksiyasida qatnashish orqali ular o‘zining insonparvarlik fazilatlarini namoyon etib, muhim yordamni ko‘rsatdilar.
Milliy gvardiya va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining ushbu tadbirdagi ishtiroklari, ularning jamoatchilik oldidagi masʼuliyatini namoyon etdi. Bu kabi tadbirlar jamiyatdagi har bir shaxsning salomatligini saqlash va yordamga muhtojlarga kerakli yordamni ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega.
Bo`lishmoq: