Harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi

07.Yan.2025

Samarqand viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlashga qaratilgan bir qator faoliyatlar amalga oshirildi. 

 Kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar, ayniqsa, harbiy xizmatchi va xodimlar ning ma’naviy kamoloti va ularning kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning o‘qish va bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularga yoshlar orasida kitob o‘qishning ahamiyatini tushuntirish maqsadida, tanlangan kitoblar va ularga oid muhokamalar ham o‘tkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech