Harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

30.Okt.2024

Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, viloyat harbiy prokurori, FVV Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyatdagi bir qator davlat tashkilotlari hamkorligida harbiy xizmatchi va xodimlari, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 

Tadbir Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi qoshidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash, ularning ijtimoiy muammolarini eshitish, farzandlarni MTM va taʼlim muassasalariga joylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat yarmarkasi orqali harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumotlar taqdim etilib, ularning ishga joylashuvi uchun zarur ko‘mak ko‘rsatildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech