Harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o'tkazildi

12.Yan.2025

Mamlakatimizda so’ngi yillarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan chora tadbirlar tinch va osoyishta hayotimizni ta’minlashga yuksak samara bermoqda.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan 6-oilaviy polikilinikada shaxsiy tarkibning 300 dan ortiq tizimdagi harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o'tkazildi.

Bugungi tashkil etilgan tibbiy ko’rikda kardiolog, lor, pediator, endokrinolog, hamda 14 ga yaqin yo’nalishlarda tajribali mutaxassislar malakali tibbiy xizmat ko’rsattilar.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik natijalari bilan aniqlangan birlamchi kasalliklar bo’yicha sog’lomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur bo’lgan tavsiyalar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech