"Boburnoma" asari o‘zining badiiy, tarixiy va biografik ahamiyati bilan mashhur bo‘lib, dunyo tarixining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. “Boburnoma” nafaqat Boburning hayotini, balki o‘sha davrda yashagan boshqa kishilarning, jumladan, turli xalqlar va madaniyatlarning turmush tarzini ham tasvirlaydi.
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida tashkil etilgan davra suhbatida Toshkent tibbiyot akademiyasi "Urganch" filali ijtimoiy fanlar kafedrasi, tarix fanlari bo‘yicha PhD Nargiza Xudoyqulova hamda Maxmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi sektor mudiri Shoiraxon Sodiqovalar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga asar haqida qimmatli maʼlumotlarni berib o‘tdi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarda kitobga bo‘lgan muhabbatni oshirish va ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.
Bo`lishmoq: