Harbiy xizmatchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik darslari olib borildi.

13.Sen.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida" gi qaroriga asosan, yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya bo‘linmalarida muntazam ravishda ma’naviyat darslari olib borilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida boshqarma va 83721 h/q harbiy xizmatchilari ishtirokida davlat madhiyasi ijrosi va boshqarma boshlig‘i tomonidan kun tartibi bo‘yicha vazifalar belgilab berilganidan so‘ng "Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari" mavzusi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti olib borildi va mavzu yuzasidan kerakli barcha ma’lumotlar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan aytib o‘tildi.

Dars davomida harbiy xizmatchilarga tizimda va yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lish yuzasidan tushunchalar berildi. O‘tilgan mavzu yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan savol-javob o‘tkazilib mavzu bo‘yicha bilimlar yanada mustahkamlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech