Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari bilan “Oila psixologiyasi” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Seminarga Jizzax Davlat pedagokika instituti malakali mutaxassis psixologlari tashrif buyurib, o'zlarining bilim, malaka va tajribalarini oilalarga yetkazib berdilar. Seminarda oilada ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik muammolarning o‘zaro munosabatlarga ta'siri va ularning oldini olish, farzand tarbiyasiga qaratilgan masalalarga to’xtalib o'tildi. Ko'tarinki ruhda tashkil etilgan seminar savol-javoblarga boy tarzda o'tdi. Harbiy xizmatchilarning turmush o'rtoqlari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis psixologlardan javob oldilar.
Bo`lishmoq: