Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilar oila a'zolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta'minlash, oilaviy munosabatlarni yaxshilash, tavakkalchilikka asoslangan tatalizator o‘yinlarini o‘ynamaslik, is gazidan ogoh bo’lish, qo’lbola isitish vositalaridan foydalanmaslik, harbiy xizmatchilarning ruhiyatida salbiy holatlar sodir bo‘lganda darhol xabar berishlari bo‘yicha Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik boʻlimi boshligʻi, boshqarma tibbiyot bo’limi hamshirasi, harbiy qism komandirining o’rinbosari hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlash guruh katta ofitseri tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, korrupsiya va boshqa jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida mas’ullarning ishonch raqami yozilgan tashrif qog’ozlari berildi.
Bo`lishmoq: