“INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Unutilmas siymolar” intellektual o’yini bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar beshta shart ya’ni, “Tezkor savol-javob”, “Liderman”, “Kinofilmni top”, “Mantiqiy maydon” va “Unutilmas yulduzlar!” shartlari asosida bellashishdi.
Tadbirda ishtirokchilarning intellektual salohiyati oshirildi, xotirasi mustahkamlandi, turli sohadagi bilimlari esa sinovdan o‘tkazildi.
Natijaga ko‘ra, birinchi o’rin B.Ziyodullayev, ikkinchi o’rin T.Umaraliyev, uchinchi o’rin A.Qodirovlarga nasib etdi. G‘oliblarga axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bo`lishmoq: