Harbiy xizmatchilar uchun "Kitobxonlik kechasi" o‘tkazildi

26.Dek.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning maʼnaviy dunyoqarashlarini boyitish va maʼnan yetukliklarini oshirish, zehnlarini charxlash maqsadida kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. 

Harbiy xizmatchilar ishtirokida O‘zbekiton Respublikasi Prezidenti tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarga sovg‘a tariqasida taqdim qilingan "O‘zbekiston tarixi" va "Temur tuzuklari" asar va kitoblari yuzasidan baxs-munozara yuritilib, asarlar yuzasidan suhbatlashildi. 

Ushbu tadbir harbiy xizmatchilar - yurt posbonlari o‘rtasida kitobxonlik savodini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgan.

Harbiy xizmatchilar nafaqat jismonan baquvvat, balki aqlan yetuk va barkamol bo‘lishlari lozim. Shundagina har qanday yovuz kuch oldida mustahkam himoyachi va qalqon bo‘la olishadi!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech