Harbiy xizmatchilar va xodimlar bilan “Shaxslararo munosabatlarda  verbal va noverbal muloqot usullari” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi

21.Dek.2024

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo'yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirokida Buxoro innovatsion ta‘lim va tibbiyot universiteti mutaxassis psixologlari bilan hamkorlikda, “Shaxslararo munosabatlarda verbal va noverbal muloqot usullari” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan muammoli vaziyatni anglash, uni bartaraf etishni, hayotiy hamda kasbiy muhim malakalarni rivojlantirishni va fuqarolar bilan o‘zaro muloqot jarayonida muloqot qilishning usullari yuzasidan kerakli tushunchalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va xodimlarning ruhiy zo‘riqishlarini yengillashtirish maqsadida, ularning kayfiyatini ko‘taruvchi va jamoaviy jipsligini oshiruvchi turli xildagi psixologik treninglar o‘tkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech