Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasida harbiy xizmatchilar va ularniong oila a’zolari uchun “Vatanparvarlik, shukronalik – oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼullari, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati hamda bir qator tashkilotlarning mutasaddilari ishtirok etib, harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolariga turmush o‘rtoqlari yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilayotganligi, harbiy xizmatchilar jangovar vazifalarni bajarishda qiyinchilik va mashaqqatlarni oila aʼzolari va hamkasblarining maʼnan qo‘llab-quvvatlashlari sabab uddalay olishi, ularning ruhiy holati va kayfiyati ijobiy bo‘lishi oilaga bog‘liqligi borasida taʼkidlab o‘tildi. Davra suhbatida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Bo`lishmoq: