Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarni Yakshanba dam olish kunini mazmunli tashkil etish maqsadida, Urganch shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida askarlar Urganch shahridagi ''Xotira maydoni'', ''Doshqonjon bobo'' ziyoratgohi hamda ''Jaloliddin Manguberdi'' memorial yodgorligiga tashrif buyurib, mazkur maskanlarning boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi sayohatlar muddatli harbiy xizmatchilarning yurtimizning shonli o‘tmishi bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Bo`lishmoq: